Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rasmiyat}
So‘z bo‘g‘inlari: ras-mi-yat
Izoh(lar)i:
rasmiyat ot

1. 1. Biror ishni, vazifani bajarish uchun o‘rnatilgan tartib-qoida, ishning rasmiy tomoni; rasmiylik. Butun rasmiyatlarga rioya qilmoq. Agar o‘rtada rasmiyat bo‘lmaganda bizlarni quchmoqchi ekani ILutfillaning] qiyofasidan sezilib turardi. Mirmuhsin, Sozanda

2. 2. Quruq xo‘ja ko‘rsinga qilingan ish, xatti-harakat, yuzakilik. [Hafiza] Seviklisidan ikki xat oldi; uning nazarida, bu xatlar rasmiyat uchun yozilganday tuyuldi. Mirmuhsin, Umid
Gureyevning savollariga rasmiyat uchungina javob berdi-yu, o‘ziga ko‘rsatilgan kresloga o‘tirdi. S. Karomatov, Oltin qum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.