Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {raqobat}
So‘z bo‘g‘inlari: ra-qo-bat
Izoh(lar)i:
raqobat [ra-qo-bat ]

1. Basma-baslikka bellashuv; kim o‘zdi. Barchamiz mana shunday keskin raqobat sharoitida g‘alabaga erishish, munosib o‘rin egallash naqadar og‘ir va mashaqqatli kechganining guvohi bo‘ldik. Gazetadan

2. Talabgorlar, raqiblar kurashi. Kumushning raqobat o‘ti bir oz o‘cha tushgan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodan yaxshigina hasrat ochildi A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o‘rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurash. Qishloq joylarda raqobat qila oladigan korxonalarni tashkil etishning barcha murakkabliklarini bartaraf etish va respublika qishloq aholisini ish bilan ta’minlash kerak. Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.