Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rang} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: rang-la-moq
Izoh(lar)i:
rang [rang ]

1. Bo‘yash uchun ishlatiladigan modda; bo‘yoq Stadion remont qilina boshlagan, panjaralar qizil, sariq rangga bo‘yalgan. Yoshlik

2. Rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi

3. Narsalarga surtilgan yoki singdirilgan bo‘yoq, sir. Bugun u ishdan barvaqt qaytdi. Och zangori rangga bo‘yalgan darvozadan o‘tib, hovliga kirdi O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Biror narsaning o‘ziga xos bo‘yog‘i; tus. G‘o‘zalarning rangini ko‘rgan sari, ichginam tuzday achiydi. N. Safarov, Jasoratning davomi

5. Kishining yuzidagi qizillik darajasi. Uning rangida qoni yo‘q. Uning rangi qip-qizil. Rang ko‘r, hol so‘r Maqol

6. Gap, nutq, ohang va shu kabilardagi nozik bo‘yoq, tus; ko‘rinish, jilva. Bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo o‘zga maqomda ko‘ngilni yana qattiqroq sehrlovchi ranglar bilan. Oybek, Tanlangan asarlar

7. Jonlilik, fayz. Toshkentlik mashhur bir boyning xasisligi haqida eng keyingi, hali hech kimning qulog‘iga chatilmagan latifalar suhbatga rang berib turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.