Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rak}
So‘z bo‘g‘inlari: rak
Izoh(lar)i:
rak [rak ]

1. Odam yoki hayvonlarning ichki yoki tashqi a’zolaridagi epiteliy to‘qimasidan rivojlanadigan, hayot uchun xavfli o‘sma; saraton kasalligi. Qaysi kuni markazdan kelgan vrach Xanifa xolaning kasali rak ekani, sanoqli kunlari qolganini aytgan edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi (harakat tarzi shakli)o‘zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko‘makchi fe’l, vaqtincha o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ma’nosi bir oz o‘zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvi esa ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadek vazifa bajaradi. Shu sababli yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvidan tashkil topgan bunday analitik shakl fe’lning harakat tarzi lug‘aviy shakli ham deb yuritiladi. Mas., Salim kitobni o‘qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo‘lmoq” lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gapdagi o‘qib yetakchi fe’lining ma’nosini o‘zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko‘makchi fe’l uch xil birikadi: 1) ravishdoshning -(i)b shakli orqali: o‘qib turdi, aytib qoldi; 2) ravishdoshning -a/y shakli orqali: yura boshladi, so‘ray qol; 3) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo‘yding – tugatding-qo‘yding, to‘xtab qoldi –to‘xtadi-qoldi.

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko‘makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldiko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta ham sof ko‘makchi fe’l yo‘q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo‘l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko‘r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qol, qo‘y;

25 ta ko‘makchi fe’l (yoz va boshla so‘zidan boshqasi) yetakchi fe’lga ravishdoshning -(i)b shakli yordamida birika oladi:

 

O‘qib

berdi

bo‘ldi

ko‘rdi

(yoqib) tushdi

o‘tdi

bildi

(anglab) yetdi

oldi

chiqdi

o‘tirdi

bitirdi

yotdi

(aytib) soldi

yubordi

qaradi

bordi

keldi

tashladi

yurdi

qoldi

boqdi

ketdi

turdi

o‘ldi

qo‘ydi

 

11 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning -a/y (sol ko‘makchi fe’li faqat -aravishdosh shakli bilan: ayta solib) shakli bilan birika oladi:

 

1) ber/ver (yoza berdi)

5) yoz (yiqila yozdi)

9) sol (kela solib)

2) bil (topa bildi)

6) ket (gapira ketdi)

10) tur (yoza tur)

3) bor (o‘zgara bordi)

7) ko‘r (ayta ko‘rma)

11) qol (ayta qol)

4) boshla (yoza boshladi)

8) ol (unuta oldi)

 

 

Demak, 16 ta ko‘makchi fe’l -a/y shaklidagi ravishdosh qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hosil qilolmaydi, ya’ni faqat -b/ib qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’lga birikadi: bit (bitir), boq, bo‘l, yet, yot, kel, tashla, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qo‘y.

9 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning har ikkala shaklini olgan fe’lga birika oladi: ber (aytib ber, ayta ber), bil (yozib biladi (shevada), yoza biladi), bor (o‘qib bordi, o‘qiy bordi), ket (isib ketdi, gapira ketdi), ko‘r (aytib ko‘r, ayta ko‘rma), ol (yozib ol, yoza ol), sol (to‘kib soldi, kela solib), tur (o‘qib tur, yoza tur), qol (tugab qoldi, ayta qol).

Ko‘makchi fe’llar ko‘pincha -(i)b shakli bilan boshqa, -a/y shakli bilan boshqa ma’no ifodalaydi: yozib oldi –yoza oldi, kelib qoldi –kela qoldi, aytib ko‘r –ayta ko‘rma, o‘qib berdi –o‘qiy berdi, qo‘ng‘iroq qilib tur –qo‘ng‘iroq qila tur. Ayrim holda ma’no mos keladi: og‘irlashib bordi –og‘irlasha bordi.

Ko‘makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:

 

Shakl

Ma’nosi

Misol

-(i)b ber

harakat natijasining o‘zgaga yo‘nalishi

qo‘yib ber, bilib ber

-a/y ber

davomiylik

ko‘chaver, o‘ylayver

-a/y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

-(i)b bit/bitir

to‘la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

-i)b, -a/y bor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o‘zgartira bor

-a/y boshla

boshlanish

yura boshla, o‘qiy boshla

-(i)b boq/ko‘r/qara

sinash

o‘qib boq, o‘ylab qara, yozib ko‘r

-(i)b bo‘l

to‘la bajarilish

yozib bo‘l, yuvib bo‘l, qazib bo‘l

-(i)b yet

to‘la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

-a/y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

-(i)b yot/tur/o‘tir/yur

davomiylik

o‘qib yot, aytib tur, yozib o‘tir

-(i)b ket

to‘la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g‘ovlab ketdi, maqtab ketdi

-a/y ket

boshlash va davom etish

o‘qiy ketdi, gapira ketdi

-(i)b sol

to‘la-to‘kis bajarilish

aytib sol, yuragini to‘kib soldi.

-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

-(i)b tashla/yubor

to‘la va tez yuzaga kelishi:

o‘qib tashla, to‘qib tashla, haydab yubor

-(i)b chiq

tugallash

o‘qib chiq, so‘rashib chiq, aylanib chiq

-(i)b tush

butunlay

ag‘darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

-(i)b o‘l

yuqori darajada

davomiylik, takroriylik

mudrab o‘lyapman, surishtirib o‘ldi, sog‘inib o‘ldi, chanqab o‘ldi

-(i)b o‘t

tugallik,

alohida e’tibor

bo‘lib o‘tdi,gapirib o‘t

-(i)b qol

holatga aylanish

kutilmaganlik

davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so‘rab qol; jonlanib qoldi

-a/y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

-(i)b qo‘y

holatga aylanishi

davomiylik

bir marta bajarilish

suyab qo‘y, ilib qo‘y; o‘ylantirib qo‘y, shoshirib qo‘y;

qarab qo‘y, yo‘talib qo‘y

 

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo‘shib yozilishi mumkin:aytib yubor –aytvor, bora ber –boraver, unuta olmadi –unutolmadi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida ko‘makchi fe’l birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko‘makchi fe’l uchun oldingi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yetakchi fe’l bo‘ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko‘makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko‘makchi fe’l). Bu ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ichida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo‘shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi. Farqi:

1) ko‘makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o‘zgaradi: yozib bordi –yozdi, isib ketdi –isidi; qo‘shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o‘zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

2) so‘z birikmasida birdan ortiq gap bo‘lagi mavjud: quvonib (hol) so‘zladi (kesim); ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: o‘ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida nisbat va bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi yetakchi va ko‘makchi fe’lning birortasiga yoki har ikkalasiga qo‘shilishi mumkin: to‘xtatib qo‘yishdi; aytib qo‘yma, aytmay tur, aytmay turma; zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘makchi fe’lda bo‘ladi. Ikkala fe’l bir shaklda juftlashsa, sanalgan qo‘shimcha ikkalasida ham bo‘lishi mumkin: tamomlashdi-qo‘yishdi.     

Harakat tarzining qo‘shimcha bilan yasalgan ko‘rinishlari.O‘zbek tilida shunday shakllar borki, fe’llarga qo‘shilib, harakatning bajarilish tarzi – kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiradi. Bu shakllar tasniflovchi lug‘aviy shakli hisoblanadi. Ular quyidagi:

1) harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:

-msira/imsira:

yig‘lamsira, kulimsira

-qira/inqira:

ishonqira, oqarinqira, o‘chinqira

-sh/ish:

to‘lish, qizish, oqarish, to‘xtash (yuragi)

-q/iq/k/ik:

tutaq, toliq, junjik, ko‘nik

2)harakatning kuchli darajasini bildiradi:

-la/ala:

quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho‘qila, chayqala, siltala, opichla

-qi/g‘i:

yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i, bijg‘i

-chi:

tipirchila, tepchi, terchila

-a:

bur bura, quvon quvna, urin urna

-gila/kila/ qila/g‘ila:

yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg‘ila, cho‘zg‘ila

-ga/ka/qa:

surga, surka, chayqa

 

Murakkab qo‘shma gapikkitadan ortiq sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap turi. Maktab darsligida uch va undan ortiq sodda gapning birikishidan tarkib topgan gap murakkab qo‘shma gap deyiladi. Ayrim darslikda uning quyidagi turi ajratiladi: 1) bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ya’ni tarkibidagi sodda gap teng bog‘lovchi yoki shu bog‘lovchi vazifasidagi yuklama yordamida bog‘langan qo‘shma gap: Hamma keldi- yu, Sattor kechikayotgan edi, lekin biz ishni boshlashga qaror qildik; 2) ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap (bu haqda quyida so‘z yuritiladi); 3) bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar maxsus bog‘lovchi vositasiz, faqat ohang yordamida bog‘langan murakkab qo‘shma gap: Nonlar yopildi, qo‘ylar so‘yildi, o‘choqlarga o‘t yoqildi. 4) aralash tarkibli murakkab qo‘shma gap. (Bu haqda quyida so‘z yuritiladi).

Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap. Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gap tarkibidagi ergash gap bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirsam, chiroq o‘chib, parda projektor nurida porlab turardi. Bu gapdagi ergash gap bosh gapga quyidagicha bog‘lanadi: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelanish (birgalik ergashish).Bunda ergash gapning har biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gapdagi ergash gap: a) bir xil ergash gap (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; b)har xil ergash gap (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lsa ham, juda xunuk gap-ku!Bunda oradagi biror ergash gap tushirib qoldirilsa ham, gap qurilishi va mazmuni buzilmaydi:Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi – Mana bu kanal bitsa, paxta ham ko‘payadi; 2) ketma-ket ergashishda har bir ergash gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga, ikkinchisi keyingisiga va oxirgisi bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gap tarkibida turli xil ergash gap qatnashadi: Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma.Bunda oradagi ergash gap tushurilsa, gap qurilishi va mazmuni buziladi:Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma – Agar siniq shisha bo‘lsa ham xiyonat qilmakabi.

Aralash turdagi qo‘shma gap. Tarkibidagi gap ergashish yo‘li bilan ham, tenglanish yo‘li bilan ham bog‘langan bo‘lsa, aralash turdagi qo‘shma gap deyiladi. Bunday qo‘shma gap uchdan ortiq sodda gapdan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.

Murakkab sintaktik butunliksodda gaplarning bir-biriga grammatik jihatdan bog‘lanmasdan, nisbatan mustaqil, lekin bir mavzu atrofida birlashishidan hosil bo‘lgan sintaktik birlik: Men ko‘chada do‘stimni uchratib qoldim. Biz u bilan birga dars tayyorlashga kelishib oldik. Do‘stim ham matematika va ona tilidan sal qiynaladi. Birabzas (xat boshi) tarkibidagi mustaqil gaplar murakkab sintaktik butunlikni tashkil etadi.

1. barakasi ketmoq: serobligi yo‘qoldi, mo‘lligi barxam topdi.

2. darak berdi: xabardor qilib qo‘ydi

3. kurakda turmaydigan: aytib bo‘lmas darajada nomunosib

4. oqkaltak-qorakaltak bo‘lmoq: kim kim bilan to‘g‘ri kelgan narsa bilan qurollanib urishmoq; savalashmoq.

5. qora yurak: garazgo‘y, buzuq niyatli

6. tirrakday qotmoq: Rosa qotmoq, butunlay qotib qolmoq (kishining holati haqida)

7. tiyrak tortmoq: Tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq

8. tosh yurak: rahm-shafqati yo‘q

9. yurak-bag‘ri ezilmoq: ruhan azoblandi

10. yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

11. yurakka sig‘armidi: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik

12. yurakni qitiqlamoq: Kishiga yoqib, shirin his-tuyg‘ular uyg‘otmoq, rohat baxsh etmoq, zavq-shavq bag‘ishlamoq.

1. Astoyidil – yurakdan – chindan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

3. Botir – jasur – dov yurak – qo‘rqmas – mard – yovqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Ishchan – harakatchan – g‘ayratli – tirishqoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

5. Jo‘n – sodda – murakkab
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib tuzilishining darajasiga ko‘ra)

6. Kerak – lozim – zarur – shart
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

7. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

8. Nim chorak – chorak – yarim – butun
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor darajaning ko‘p yoki kamligiga ko‘ra)

9. Qirot – misqol – qadoq – chorak – pud – botmon
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining oshishiga ko‘ra)

10. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

11. Unumli – samarali – barakali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

12. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.