Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rais}
So‘z bo‘g‘inlari: ra-is
Izoh(lar)i:
rais [ra-is ]

1. Ba’zi organ, tashkilot, idora, jamiyat va shu kabilarning boshlig‘i, rahbari. Mahalliy komitet raisi topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish uchun qanchadan-qancha vaqt ketishini o‘ylagan edi. Gazetadan

2. Majlisni boshqaruvchi shaxs. Nutq davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi. A. Qahhor, Nutq

3. Diniy marosim va urf-odatlarning bajarilishini kuzatib boruvchi, shuningdek, o‘lchov va tosh-tarozilarning to‘g‘riligini tekshiruvchi mansabdor shaxs Aqlim olgan zargar qizi, Muftiy, a’lam, rais, qozi, Tengdoshlarim, xush qol endi! Bahrom va Gulandom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.