Filologiya fanlari doktori, professor R.Sayfullayeva 1948-yili Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1972-yili ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan. 1979-yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasida faoliyat ko‘rsatib keladi. Bir necha yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida bo‘lim bo‘shlig‘i vazifazida ishladi.
Olima o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarning substansial tadqiqi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning hammualliflikda yaratgan oliy o‘quv yurtlari uchun “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, o‘rta ta’lim 8-9 sinflari uchun “Ona tili” darsliklari zamonaviy tipdagi qo‘llanmalar sifatida amalda.