Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {quvnoq}
So‘z bo‘g‘inlari: quv-noq
Izoh(lar)i:
quvnoq sf

1. 1. Doim, tabiatan xush kayfiyatli; xushchaqchaq. bu oiladagilarning hammasi ham samimiy, quvnoq va oqko‘ngil ekanligiga ishongan sayin, bu o‘ng‘aysizlik o‘rtadan ko‘tarilib borardi. S. Zunnunova, Olov
Mahdi tabiatan quvnoq, kuydi-pishdi edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Shod, xursand kayfiyatli; quvonchga to‘la. Hammalari quvnoq, eginlari bashang. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar
U bugun juda quvnoq. T. Ashurov, Oq ot
Bari o‘tib ketdi bir tush misoli, Eslayman goh mahzun, gohida quvnoq. A. Oripov, Yillar armoni

3. 3. Shod-xurramlik aks ettiruvchi, ifodalovchi. Men sahnalashtirgan quvnoq komediya ham shu haqda Gazetadan
Toshkent uz-bekning san’ati, tovushi, Quvnoq muzikasi, kuyi, obro‘si. G‘. G‘ulom
O‘sha quvnoq kulgi, hazil endi qandaydir jiddiyat, o‘y va g‘azab bilan aralashib ketgan edi. S. Zunnunova, Olov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xushchaqchaq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Quvnoq – shodon – xushchaqchaq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.