Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qutul} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qu-tul-moq
Izoh(lar)i:
qutul fl

1. 1. Ko‘ngilsiz, og‘ir, xavfli va shu kabilar holdan xalos bo‘lmoq. Xijolatlikdan qutulmoq. Xavf-xatardan qutulmoq. Kasallikdan qutulmoq. Tashvishdan qutulmoq. Sen qutulding qayg‘u, hasratdan. G‘ayratiy
Bosib kelayotgan g‘ashlikdan qutulish uchun, chamadonidan ikki-uchta kitobini oldi. X. Sultonov, Onamning yurti

2. 2. Saqlanmoq, omon qolmoq. Bir o‘limdan qutuldim. Qordan qutulib, yomg‘irga tutilmoq. Siz o‘ylagan qadar oson emas, afandim, gunohdan qutulib ketishingiz. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Komil baloni biladi, — deb o‘yladi ichida bek, — Mening qorabayirimdan qochib qutuldi u tulki! H. G‘ulom, Mash’al

3. 3. Bandi, tutqun kabi holatdan bo‘shamoq, bo‘shab chiqmoq; ozod bo‘lmoq. [Yo‘lchi] Qamoqdan qutulib chiqsa, uni bir ko‘rsam. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Tashlab, tark etib, barham berib yoki voz kechib xalos bo‘lmoq. Chekishdan qutuldi. Yomon odatlaridan qutuldi. Agar shu hol-da davom eta bersalaring, ikkovlaringga ham baravar javob berib, qutulaman! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. 5. Rejadagi ish, vazifa va shu kabilarni bajarmoq, tugatmoq, amalga oshirmoq. To‘yning yumushlaridan endigina qutulgan Yo‘lchi to‘qqiz yog‘ochli uyda yolg‘iz o‘tirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Zimmadagi burch, qarz kabilardan hisob-kitob bilan uzilmoq. Nega qutular ekansan! Dadamning haqlarini berib, undan keyin qutulasan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Shunday qilib, boy ikki yuz ming so‘m uchun beradigan zakotdan qutuldi Oybek, Tanlangan asarlar
Qarzimizdan qutulsak, xudoga shukur, qutulmasak, yana boy yelkamizda-da. Sharq yulduzi

7. s. t. t. Ko‘zi yorimoq; bo‘shanmoq, tug‘moq (homilador ayol haqida). Eson-omon qutuldingizmi, Salimaxon, uy bilan bo‘lib, qut-lagani ham kelolmasam-a. R. Fayziy, Sen yetim emassan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.