Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qullik}
So‘z bo‘g‘inlari: qul-lik
Izoh(lar)i:
qullik ot

1. 1. Qulga xos holat, hayot. Jahongirlar insoniyatga jismoniy va ma’naviy qullik keltirsa, she’rlar ruhiy erkinlik baxsh etadi. UTA
Ulamolar xotin-qizlarni qullikda saqlash uchun, ularning ozodlikka chiqish harakatiga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi

2. 2. Ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qo‘pol shakli, unda qul ishlab chiqarish qurollari qatorida, o‘z xo‘jayini — quldorning mulki hisoblangan. Abdurahimboyning gumashtasi ekan. Onamning ay-tishiga ko‘ra, qullik zamonida bizning ota, onalarimiz uning qo‘l ostida boyda ishlar ekanlar. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asirlik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qulluq Minnatdorlik, muborakbod.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Asirlik – asorat – tutqunlik – qullik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.