Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qula} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qu-la-moq
Izoh(lar)i:
qula fl

1. 1. Zarb bilan yiqilmoq; ag‘darilmoq. Zilzilada ko‘pgina eski uylar, devorlar quladi. Chirigan daraxt qulab tushdi. Mana shu tog‘ cho‘qqisida bir cho‘pon, oyog‘i tagidagi tosh ko‘chib, pastga qulab ketadi. S. Ahmad, Jimjitlik
Tog‘ning kun-botar tomoniga urush yillari samolyot qulagan. A. Nurmurodov, Urush bevalari

2. ko‘chma hma Yo‘q, mahv bo‘lmoq, yo‘q, mahv etilmoq, ag‘darilmoq; tushmoq. Qulamasin Chambil yurti. Gulnorpari
Ustunlari tezlik bilan yakson qilingan bo‘lsa ham, eski jamiyat osonlikcha qulamadi. O‘TA
Podshoh taxti qulaydigan kunlar kelar. Boychechak

3. ko‘chma s.t. .t. Olamdan o‘tmoq; o‘lmoq. Chol qulamay turibdi. Qulagan kun ularning yoqasini bo‘g‘aman, merosimni da’vo qilaman! Oybek, Tanlangan asarlar
Ikki o‘g‘lim: biri o‘n sakkizda, boshqasi yigirmada — nemis o‘qidan quladi. S. Karomatov, Oltin qum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘lmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yiqilmoq – qulamoq – ag‘anamoq – ag‘darilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.