Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qudrat}
So‘z bo‘g‘inlari: qud-rat
Izoh(lar)i:
qudrat ot

1. 1. Yuqori darajadagi kuch-quvvat; shunday kuch-quvvatli imkoniyat; qodirlik. Inson qudrati hamma narsadan ustun chiqdi, cho‘lda sun’iy dengiz barpo etdi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Shamolning qudrati hazilakam emas. U sahroni ostin-ustun qilib, qumtepalarni uchirib olib yuradi. Fan va turmush
Suyarqul Mamayusufning oldida qiltiriq ko‘rinsa ham, o‘nta Mamayni pa-choqlagudek qudrat sezardi hozir o‘zida. A. Ko‘chimov, Halqa

2. 2. Umuman, biror narsani amalga oshirish imkoniyati; kuch-quvvat, qurb. Qani edi, qudrati yetsa-yu, shu toshqin daryodan hovuchlab suv eltsa, tashna giyohlar ildiziga nam, cho‘llarga hayot bersa. S. Karomatov, So‘nggi barxan
Bitta chopon tiktirishga qudratim yetmaydi Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Qodirlik, kuch manbai. Olamga arzigulik qudrat shu chanoqdadir Gazetadan
Qandaydir bir qudrat uni silkib, o‘ziga keltirdi Mirmuhsin, Umid

4. 4. Allohga xos kuch-imkoniyat; ilohiy qodirlik. Falonchining kelini to‘rt oyoqli tug‘ibdi yo qudratingdan o‘rgilay! Oybek, Tanlangan asarlar
Har holda, fig‘on-nola yaxshi emas, har banda qudrat qalami bilan yozilganini ko‘radi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. 5. Qudrat (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qurb [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kudurat – [a] Ko‘ngil g‘ashlik, xafalik; gina, o‘pkalash.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.