Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qoqvosh}
So‘z bo‘g‘inlari: qoq-vosh
Izoh(lar)i:
qoqvosh ot

1. 1. Miyasida, kallasida hech narsa yo‘q; miyasiz, aqlsiz. [Jamila:] Obbo, qoqvosh-ey, sen belingni bog‘laguningcha, Shokirvoy paxtasini undirib, terib ham oladi. J. Abdullaxonov, To‘yga kelinglar
Bu qoqvosh shu ishingiz noto‘g‘ri, deyish bilan-ku Hojining qorniga qoziq qoqqandek bo‘lgan edi, yana xo‘mray-mang, degani nimasi. A. Qahhor, Yillar

2. 2. O‘taketgan xasis, ziqna. Esizgina, gulday umringiz kulbayi vayronada o‘tib ketyap-ti, sizni xo‘p avrab ishlatyapti bu qoqvosh chol. Oybek, Ulug‘ yo‘l

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xasis [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.