Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qol} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qol-moq
Izoh(lar)i:
qol fl

1. 1. Boshqa joyga ketmay, bor-may, jilmay, qo‘zg‘almay, o‘z joyida bul-mox; joyini tark etmaslik. Uyida qolmoq. Kutubxonada qoldi. Biz bu yil ham qishloqda qoldik. Otamlar bu yerda qolmoqchilar, sardoba qurishni o‘ylayaptilar Mirmuhsin, Me’mor
Majlis bo‘lgan joyda o‘sha gapirgan odam-u yana bir necha kishi qoldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Bor, mavjud holatda bo‘lmoq; bor (inkor shaklida yo‘q holatni, yo‘q ekanlikni bildiradi). Yonimda yuz so‘m qoldi. Uyda ko‘k choy qolmabdi. Ot ag‘anagan yerda jun qolar. Maqol
Kelgusi asrga ikki qadam-gina yo‘l qoldi. S. Ahmad, Yulduz
Qo‘qondan boshimni olib chiqib ketishdan boshqa choram qolmagan mening, aka! K. Yashin, Hamza

3. 3. Biror holat, vaziyat, makon (joy) va shu kabilarda mavjud bo‘lmoq Yolg‘iz qolmoq. Jim qolmoq. Vijdon azobida qolmoq. Och qolmoq. Ish chala qoldi. Qurshovda qolmoq. Fashistlarning o‘q, xanjari-la Talay yoshlar qoldi bepadar. G‘ayratiy
Sodiq jiyanim, basharangmi, do‘lda qolgan tappimi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Ishlatish, foydalanish va shu kabilardan xoli bo‘lib saqlanmoq, ortmoq; shu tariqa keyingilar ixtiyoriga o‘tmoq, meros bo‘lmoq. Bu imorat otangizdan qolgan bo‘lsa kerak? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bir parcha yer hammadan qoladi, o‘g‘lim. Hech kim qabriga orqalab ketmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ota-bobolardan qolgan udum bu, qizim. K. Yashin, Hamza

5. 5. Daxl etolmaslik, yetisholmaslik, erisholmaslik. O‘zimam qiziqman-da, shu yomg‘irdan qo‘rqib, maktabdan qolib o‘tirsam. E. Raimov, Ajab qishloq
Eldan qolguncha erdan qolgan yaxshiroq, deb shuni aytsa kerak-da. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Issiq, yumshoq paxta qoplar, aravaning beshik singari tebranishi kecha uyqudan qolgan G‘ulomjonni elitdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

6. 6. Barham topmoq, yo‘q bo‘lmoq. Sho‘xliklari qoldi. Avvalgi yo‘talishlari qoldi. Ishonch qolmadi. Sabr-toqat qolmadi. Yurishga madori qolmadi. Surmaxon, palapartishligingiz sira ham qolmadi, qolmadi-da! B. Rahmonov, Yurak sirlari

7. 7. Masofa, vaqt nuqtayi nazarida bo‘lmoq, bor bo‘lmoq. Shaharga yana o‘ttiz kilometr (yo‘l) qoldi. Poyezd jo‘nashiga bir soat qoldi.

8. 8. Saqlanmoq, omon qutulmoq. Yuz o‘limdan qolganman. O‘g‘rilardan bittasi tutildi qolganlari ham ushlanur, deb o‘ylayman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. 9. Ish-faoliyat, foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoq. Mariyamning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Quloqdan ham qolganmisiz? Ilhom akamning ham daraklari yo‘q, deyapman! B. Rahmonov, Yurak sirlari
Ilgari katta naychi bo‘lgan, keyin ko‘zdan qolib, uyga qamalgan hamqishlog‘idan ham bir oz ta’lim olgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

10. 10. Duchor bo‘lmoq, giriftor bo‘lmoq, yo‘liqmoq. Baloga qolmoq. Malomatga qolmoq. Tuhmatga qolmoq. Tashvishga qolmoq. U ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga qolmasin. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Endi senlarning kasofatlaringga men qolamanmi? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
[ Surmaxon:] Shu kunga qolishimga siz sababchi bo‘ldingiz, oyi. B. Rahmonov, Yurak sirlari

11. 11. Biror narsadan benasib, bebahra qolmoq. To‘ydan qolmoq. Foydadan qolmoq. Bir yakshanba kuni Ahmadjon oshxonaga dejur bo‘lib, uyqudan qoldi. A. Qahhor, Oltin yulduz

12. 12. (o‘rin-payt kelishigi bilan) Biror hodisaning bevosita ta’sirida bo‘lmoq. Yomg‘irda qolmoq. Oftobda qolmoq. Sovuqda qolmoq.

13. 13. Belgilangan vaqtdan keyinga surilmoq, kechiktirilmoq, boshqa muhlatga ko‘chirilmoq. Majlis qoldi. To‘y kelasi oyga qoldi. Qolgan ishga qor yog‘ar. Maqol
Damba masalasi keyinga qoldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Yusufbek hoji:] O‘ttiz ikki tangadan soliq yig‘, emish Bir haftadan keyinga qolmasin, emish. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

14. s. t. . t. Yutqizmoq, mag‘lubiyatga uchramoq (o‘yinda). U mendan besh marta qoldi.

15. 15. Bog‘li bo‘lmoq, qarab turmoq (biror ish, masala va shu kabilar haqida). Hamma ish menda qoldi. Ish pulga qarab qoldi. [Hoji xoda:] Hamma gap o‘zingizda qolgan. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

16. 16. Harakat nomiga qo‘shilib, shu ishni bajarish lozimligini, shunday vazifa, majburiyat borligini bildiradi. Osh pishdi, faqat uni suzish qoldi. Endi., farmonni xalqqa tushuntirish, uning kerakligini, foydasini uqtirish qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bosilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qalmoq Xalq nomi.
Qomus: mavjud emas.

1. arosatda qolmoq: na u yoqli va na bu yoqli bo‘lmay, aro yo‘lda qolmoq; qilar ishidan yanglishib, gangib qolmoq

2. bir burda bo‘lib qolmoq: ozib-to‘zib, jussasi kichrayib, ojiz bo‘lib qolmoq.

3. devor bo‘lib qolmoq: qo‘rqinch yoki hayratdan rangi oqarib, serrayib turmoq.

4. gapi og‘zida qolmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

5. ikki o‘t o‘rtasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

6. ikki o‘t orasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

7. kasriga qolmoq: kasri tufayli yomon oqibat (holat)ga duchor bo‘lmoq.

8. lol qolmoq: 1.tili tutilib, gapirolmay qolmoq 2.biror narsa aytolmay, taajjub, hayron holda qolmoq.

9. taxta bo‘lib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

10. taxtaday qotib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

11. yodida qolmoq: xotirasida saqlanib qoldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.