Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qo‘y} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qo‘y-moq
Izoh(lar)i:
qo‘y fl

1. 1. Qo‘ldagi yoki umuman ko‘tarib olingan narsani biror joyga o‘rnashtirmoq, joylashtirmoq. Kitobingni partaga qo‘y. Yelkangdagi qopni yerga qo‘y. Chelakni shu yerga ko‘ying, Gulnor, suvni men o‘zim eltaman. Oybek, Tanlangan asarlar
Hasanali iljaygan ko‘yi qo‘ltig‘idagi zarrin choponni olib, sandal ustiga qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Belgili holatda, tartibda joylamoq, joylashtirmoq. Dasturxonga non qo‘ymoq.

3. 3. Biror joy yoki narsaga tirab, taqab, qo‘ndirib o‘rnashtirmoq, o‘rnatmoq. Boshga savat qo‘yib yurmoq. Qarol aravaning orqasiga kichkina shoti qo‘yib, o‘zi otni ushlab turdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Maston, yuki og‘ir aravani tortib borayotgan otday, oyoqlarini tirab, yuqoriga intilar, Turg‘unoy esa engashib, ikki kaftini tizzasiga qo‘yib, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a qadam tashlar edi. A. Qahhor, Maston
Yo‘lchi nayni labiga qo‘yib, butun zavqi bilan chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Foydalanish uchun biror narsa bermoq. Mehmonga stul qo‘ymoq. Kampir bolalar oldiga issiq non va qaymoq qo‘ydi.

5. 5. Qurmoq, solmoq. Qaldirg‘och ayvonga in qo‘yibdi.

6. 6. Quriladigan, o‘rnatiladigan narsa o‘rnini belgilamoq, unga o‘rin qoldirmoq. Uyning eshigini shu tomondan qo‘yamiz. Mo‘rini qayerdan qo‘yasiz?

7. 7. Belgili joyga, o‘ringa o‘rnatmoq, mahkamlamoq; solmoq. Derazaga oyna qo‘ymoq. Uzukka ko‘z qo‘ymoq.

8. 8. Birga, yonida olib ketmay, biror joyda qoldirmoq, tashlab ketmoq. U bolasini bog‘chaga qo‘yib, ishga boradi. [Yormat] Yo‘lchining hozirgina qishloqdan qaytib, singlisini xo‘jayinnikiga qo‘yib, bu yerga hangomalashish uchun kelganini bilgach, yigitning ko‘nglini parishon qilishga botin-may, ancha vaqtgacha qiynaldi. Oybek, Tanlangan asarlar

9. 9. Saqlash uchun bermoq, topshirmoq. Pulni omonat kassaga qo‘ymoq.

10. 10. Qo‘lidan, quchog‘idan, ixtiyori, tasarrufi va shu kabilardan chiqarmoq, bo‘shatmoq. Ko‘r tutganini qo‘ymas, kar — eshitganini. Maqol
To‘tiqiz shoxni qo‘yib yuborib, bo‘g‘otdan ko‘chaga qaradi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Otabek Kumushni qo‘yib, yerdagi atalani oldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

11. 11. Nazardan, e’tibordan, navbat va shu kabilardan chetda qoldirmoq. [Qudrat:] Amaldorning o‘zi kim? U boyni qo‘yib, kambag‘alni yoqlarmidi? N. Safarov, Uyg‘onish

12. 12. Nikohni bekor qilib, xotindan ajralmoq, xotinini taloq qilmoq. Shundoq xotinni qo‘yib yuborgansiz-a, afandixon. Siz ham bir kunmas-bir kun shu xotinning uvoliga qolasiz. S. Ahmad, Hukm
O‘g‘lingni oldingga olsang-da, undan so‘rasang: Qaysi xotining bilan bo‘lishni xohlaysan? Xohlamaganingni qo‘y! — deb. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

13. 13. Biror ish-harakatni bajarish uchun imkon, yo‘l, erk bermoq, ruxsat qilmoq. — O‘z qilmishingizdan gapiring! — Axir, shoshmang, aytguncha qo‘yasizmi, yo‘qmi? A. Qahhor, Munofiq
Do‘sti afandini ovqat yegani qo‘ymasdan, ustma-ust savol bera boshladi. Latifalar
— Zaynabnisa, — dedi [Kumush], Zaynab qaradi, — bu kishini tashqariga chiqib yotishga qo‘ymang, tuzukmi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

14. 14. O‘stirmoq (soch, soqol, tirnoq va shu kabilar haqida). Soch qo‘ymoq. Soqol qo‘ymoq. Tirnoq qo‘ymoq. Eshikning bir tabaqasi g‘iyqillab ochildi. Qo‘ng‘iznusxa mo‘ylov qo‘ygan qora qosh bir kishining boshi ko‘rindi. S. Ahmad, Hukm
Har yili bayramda yasan-tusan qilib, gajak qo‘yib Beshariqqa tushadigan Shovardi qizlari bayram kunlarini ham erkaklar bilan bab-baravar ketmon urib, dalada o‘tkazishdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

15. 15. Yo‘lini ochib, biror tomonga, narsaga yo‘naltirmoq, yubormoq(suv, gaz, bug‘ va shu kabilar haqida). Ekinlarga suv qo‘ymoq.

16. 16. (faqat buyruq maylida) Tark etmoq, tashlamoq, to‘xtatmoq, barham bermoq, yig‘ishtirmoq. Qo‘ying shunday gaplarni! To‘yga borsang, to‘yib bor, yomonligingni qo‘yib bor! Maqol
Yoz yopinchig‘ingni qo‘yma, qish — o‘zing bilasan. Maqol
Jinniligingni qo‘y, Mutal aka! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

17. 17. Belgilamoq, aniqlamoq (baho, narx va shu kabilar haqida). Baho qo‘ymoq. Diagnoz qo‘ymoq. Arzon narx qo‘ymoq. A’lo o‘qisam ham, o‘qituvchimiz yaxshi qo‘ydi. A. Qahhor, Ayb kimda?

18. 18. Nom, laqab qo‘ymoq, nomlamoq. Ot qo‘ymoq. Sarlavha quymoq. Nega bunga Chittak, deb laqab qo‘ydilaring? A. Qahhor, Qanotsiz chittak

19. 19. Deb bilmoq, hisoblamoq, fahmlamoq. O‘zini yuqori qo‘ymoq. Otabek Usta Olimni juda yuqori darajaga qo‘ygandek, uning majlisi bilan ham ancha yengillashar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
G‘afforjonning fe’li ma’lum bo‘lgani uchun ko‘p kishi aybni Umriga qo‘yib yurar edi. A. Qahhor, Xotinlar

20. 20. Biror ish, vazifaga tayinlamoq, belgilamoq. Navbatchi qo‘ymoq. Yomondan qorovul qo‘ysang, yov yetti bo‘lar. Maqol
Shu yigit meni olib kelib, MTSga qarashli choyxonaga qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

21. 21. Vositachi, vakil sifatida yo‘llamoq, foydalanmoq. Qizga sovchi qo‘ymoq. Bir kun haligi sudxo‘r meni bir savdogar o‘rtog‘iga so‘ratib odam qo‘yibdi. G‘. Rasul, Adolat
[Podsho:] — Qizimni o‘shanga beraman, xaloyiqqa jarchi ko‘yinglar, — dedi. Ertaklar
Shu qishdan qoldirma, o‘rtaga, albatta, boy tog‘angni qo‘y. Oybek, Tanlangan asarlar

22. 22. Biror narsani ishga solmoq, harakatga keltirmoq. Patefon qo‘ymoq. Radio qo‘ymoq. Televizor qo‘ymoq. [Yo‘lchi] Katta hovliga ters bo‘lgan kamgak-panaroq joyda samovar qo‘yish, o‘tin yorish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Oybek, Tanlangan asarlar
U ashulani Ko‘cha bog‘idan boshladi, ovozini baralla qo‘yib zo‘r ilhom bilan aytdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ali bor tovushini qo‘yib ashula qildi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

23. 23. Namoyish qilmoq, ko‘rsatmoq. Kino qo‘ymoq. Konsert qo‘ymoq. Tomosha qo‘ymoq. Hordiq kunlari shahardan chiqadigan avtomobil shu yerda [maktab sahnida] kartina qo‘yib berar edi. A. Qahhor, Asror bobo

24. 24. Qoldirmoq; keyinga surmoq. U sutning yarmini ukasiga qo‘ydi. Sigir yemdan nishxo‘rt ham qo‘ymabdi. O‘zimizning Mallavoy aka bir o‘tirganda bitta ko‘yni kalla-pochasi bilan yeb, terisini nonushtaga qo‘yadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Sidiqjon] To‘g‘on boshiga borishni ertaga qo‘yib, kunni shu yerda o‘tkazdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

25. 25. Muhokama, munozara va shu kabilar uchun taqdim, taklif qilmoq. Shior qo‘ymoq. Masalani kun tartibiga qo‘ymoq. U yana Oyqiz oldiga qator-qator so‘roqlar qo‘yib, o‘qishga borishini quvvatlagani uchun chin dildan tashakkur bayon qilardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

26. 26. Surtmoq, surkamoq. Qoshga o‘sma qo‘ymoq. Yaraga dori qo‘ymoq. Yod qo‘ymoq. Xina qo‘ymoq. Surma qo‘ymay muncha ham, jonon, qarodir ko‘zlaring. Muqimiy
Peshonangga baxt bitgan ekan, bolam. Bo‘yi bo‘yingga teng, qoshi-ko‘zi surma qo‘ygandek qop-qora. P. Tursun, O‘qituvchi

27. 27. Biror usulda, biror vosita bilan urmoq, tushirmoq, solmoq. Shapaloq (tarsaki) bilan qo‘yib yubormoq. Musht qo‘ymoq.

28. 28. Biror belgi, ishora tushirmoq. So‘roq alomati qo‘ymoq. Ikki nuqta qo‘ymoq. Qo‘l qo‘ymoq.

29. 29. Biror holatda tutmoq, qoldirmoq. Birovni yolg‘iz qo‘ymoq. Tinch qo‘ymoq. Bo‘sh qo‘ymoq. Erkin qo‘ymoq. Xoli qo‘ymoq. Mana Yo‘lchiboy. Tog‘ni ursa, tolqon qiladigan yigit. Qizimizni och-yalang‘och qo‘ymasdi. Oybek, Tanlangan asarlar

30. 30. (jo‘nalish kelishigi bilan) Duchor qilmoq, yo‘liqtirmoq; qoldirmoq. Tashvishga qo‘ymoq. Uyatga qo‘ymoq. Xijolatga qo‘ymoq. O‘zim bir balodan zo‘rg‘a qutuldim-u, domla meni yana baloga qo‘ymoqchi. A. Qahhor, Sarob

31. 31. (chiqish kelishigi bilan) Biror maqsad, ish-harakat va shu kabilardan qoldirmoq. Yo‘ldan qo‘ymoq. Mashqdan qo‘ymoq. Cho‘milishdan qo‘ymoq. O‘yindan qo‘ymoq. Shoqosimni ishdan qo‘ymaslik uchun, u ikki-uch minutda voqeani so‘zlab berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yosh qizni olganing bir sari, endi buni o‘qishdan qo‘yib, kurortga olib ketayotganing nimasi? A. Qahhor, Og‘riq tishlar

32. bino qo‘ymoq ymoq Ba’zi otlarga birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi, masalan, ixlos qo‘ymoq, yo‘l qo‘ymoq, ko‘ngil qo‘ymoq, mehr qo‘ymoq, tanda qo‘ymoq, shart qo‘ymoq, o‘t qo‘ymoq, qadam qo‘ymoq.

33. ko‘m. fl. vzf. vzf. Yetakchi fe’l bildirgan harakatning bajarilishi bilan bog‘lik turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Aytib qo‘y. Bildirib qo‘y. Yo‘qotib qo‘yma. Qarab qo‘ydi. Kulib qo‘ydi. Ayt-qo‘y. Kelmayman-qo‘yaman. Usta Bahrom tomog‘ini qirib, sekin yo‘talib qo‘ydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Yo‘lakda turgan O‘zbek oyim darvozadan mo‘ralab qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ergash ishni chatoq qilib qo‘ydi-da. A. Muxtor, Opa-singillar

34. 34. Bo‘lishsiz fe’ldan keyin bo‘lishsiz shaklda kelib, birinchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilmay qolmasligini bildiradi. Majlislarda, xususiy suhbatlarda qoridan so‘z ochgan har bir kishi Kanizak bilan Sidiqjon mojarosini aytmasdan qo‘ymas edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bu chechak qirlari o‘z bag‘rida suzib borgan bizning Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tashlamoq , dafn etmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: quymoq Tuxum va unni aralashtirib pishirilgan taom; to‘kmoq, solmoq; oqizmoq, yo‘naltirmoq.
Qomus: mavjud emas.

1. e’tiqod qo‘ymoq: e’tiqod bilan munosabatda

2. tek qo‘ymoq: Tinch qo‘ymoq, bezovta qilmaslik

3. yo‘lga qo‘ymoq: faoliyatini yaxshiladi

4. yuragini olib qo‘ymoq: bezillatib qo‘ydi

5. yuziga oyoq qo‘ymoq: behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.