Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiziqmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: qi-ziq-moq I-I
Izoh(lar)i:
qiziqmoq [qi-ziq-moq ]

1. Qiziqish bilan e’tibor bermoq, astoydil berilmoq, berilib munosabatda bo‘lmoq, harakat qilmoq. Ular har gap sayin, qalay, sizga ma’qulmi? degandek Elmurodga tikilib olar, u esa, choy ho‘plagan holda, bu sodda munozarani qiziqib tinglar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Bilish, o‘rganish, ishlashga mayl qo‘ymoq, havasmand bo‘lmoq. Uning o‘zi yoshlikdanoq fizikaga qiziqar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Havas qilib ergashmoq, havas qo‘ymoq; berilmoq. Qo‘qon ketayotgan o‘rtoqlariga qiziqib, borma, deganga ko‘nmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: uchmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.