Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiymat}
So‘z bo‘g‘inlari: qiy-mat
Izoh(lar)i:
qiymat ot

1. iqt. qt. Tovar narxi.

2. 2. Pulning xarid qobiliyati; muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Binokorlik ishlarining qiymati ancha kamaytirildi.

3. iqt. qt. Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati.

4. 4. Savdo-sotiqda: narx, baho. Mollarning qiymati.

5. ko‘chma hma Kishi yoki narsaning turmushda tutgan o‘rni, ahamiyati, qadri. Otabekning yozgan xatini o‘qib eshitish Kumush uchun katta qiymatga molik edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. mat. at. O‘zgaruvchan miqdorning ma’lum sharoitdagi kattaligi. Iksning qiymati.

7. 7. O‘lchov asboblari shkalasining har bir bo‘limi ifodalagan kattalik.

8. s. t. t. Qimmat. Bu kishi: — Qiymat behikmat emas, arzon beillat emas, buning tagida bir illat bordir, sabr qilaylik, -deb lanjlik qildilar. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: narx [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qimmat – [a] Mo‘ljaldagidan katta pul turadigan, narxi baland; bebaho, aziz.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.