Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiyinchilik}
So‘z bo‘g‘inlari: qi-yin-chi-lik
Izoh(lar)i:
qiyinchilik ot

1. 1. Umuman, qiynalish, qiynoq keltiradigan (tug‘diradigan) holat; qiyinlik. Yaralangan Qodir qiyinchilik bilan o‘rnidan turdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
Dastlab, otangga bor, onangga bor, qabilidagi birmuncha qiyinchiliklar sodir bo‘lgan esa-da, keyinchalik ishlar yurishib ketdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
[Yo‘lchi] Qoratoyga yo‘liqdi, qiyinchilik bilan bir aravani baylashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Ishga xalal beradigan, uni qiyinlashtiradigan narsa yoki holat; monelik, to‘siq, g‘ov, qiyinlik. Ungur ichkarilashgan sari qiyinchiliklar tug‘dirib bordi. Uch quloch ilgarilash bilan ungur ichi ancha qorong‘ilashdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ular o‘zlarining kuchli irodalari, kurashlari bilan o‘z yo‘llarida to‘g‘onoq bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘ta oladigan kishilardir. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. 3. Mashaqqat; azob-uqubat. U otasidan yigirma yoshda qolib, ukalarini qiyinchilik bilan boqqan. I. Rahim, Chin muhabbat
Qanchadan-qancha qiyinchiliklar bilan uni o‘qitib, oliy ma’lumot olishiga imkon bergan ota-onasidan umr bo‘yi minnatdor bo‘lib yashadi. Saodat

4. 4. Og‘ir moddiy ahvol, qattiqchilik, og‘irchilik. Qiyinchilik bilan o‘sgan bola. Hammalarining gaplari, aylanib kelib, tobora avj olayotgan qimmatchilik va qiyinchilik ustida to‘xtalar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.