1. Nisbatan yoki me’yor, mo‘ljaldagidan katta pul turadigan, narxi baland.
Qimmat mol. Qimmat buyum.◆Qimmat bo‘lsa ham, noiloj olar edim-a, lekin puldan hemiri ortmadi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2. Qimmatbaho 1.
Olgan sovg‘am oltin uzuk, qimmat tosh emas.
G‘ayratiy.
3. Pulga, hech narsaga sotib olib bo‘lmaydigan; bahosi yo‘q, bebaho, qadrli, aziz.
Bilim davlatdan qimmat.
Maqol.
4. ko‘chma Mavqe, ahamiyat darajasi.
Kamida bir yilga so‘z berib qo‘ydim. So‘z oltindan qimmat-ku, axir.
X,. Nazir, Yonar daryo.
5. Qimmat (xotin-qizlar ismi).