1. 1. Topish uchun urinmoq, topishga harakat qilmoq; axtarmoq, izlamoq. Yo‘qolgan kitobni qidirmoq. Do‘stini qidirmoq. ▬ Hayot shoxlarga tikilib qaradi. U ovoz egasini tanigan, taniganini qidira boshlagan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha Qutbiddin to‘xtab, shu atrofda tunab qolishga yaraydigan joy qidira boshladi. S. Karomatov, Oltin qum Huri gapni cho‘zish uchun hovliqib, mavzu qidira boshladi. F. Musajonov, Huri
2. 2. Qidirish, izlash ishlari olib bormoq, tadqiq etmoq. Yangi konlar qidirmoq. Kosmosni zabt etish yo‘llarini qidirmoq.
3. 3. Topish, erishish o‘y-xayolida, ishtiyoqida, yo‘lida bo‘lmoq. Baxt qidiribsanmi, uni faqat mehnatdan topasan. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli Haligi men aytgan o‘rtog‘imning ota-onalari orzu-havas qidirib, bechora qizlarini qaritib qo‘ydilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
4. shv. hv. Sayr-sayohat qilmoq. Sayr etib-qidirib, dunyoni kezib, So‘z aytib, Moskvada yurgan Jambuldir, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
1. qildan qiyiq qidirmoq: -
2. qora po‘stakdan burga qidirmoq: kim Bajarilishi qiyin, mahol bo‘lgan ishga kirishmoq, hal bo‘lmaydigan ishga behuda vaqt sarflamoq.
3. tirnoq orasidan kir qidirmoq: -
4. tirnoq tagidan kir qidirmoq: -