Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qatra}
So‘z bo‘g‘inlari: qat-ra
Izoh(lar)i:
qatra [qat-ra ]

1. Suyuqlikning zarralari tortishuvi natijasida sharcha shaklini olgan alohida kichik bo‘lagi; tomchi. Bir qatra suv. Qatra qoldirmay ichmoq. Oz-ozdan o‘rganib, dono bo‘lur, Qatradan ko‘payib, daryo bo‘lur. Maqol.

2. Oz miqdor, ozgina, jinday. Qatra ham uni yo‘q ekan, oldimga yarim stakan qatiq qo‘ydi. O. Husanov, Cho‘lda.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tomchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.