Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qator}
So‘z bo‘g‘inlari: qa-tor
Izoh(lar)i:
qator [qa-tor ]

1. Narsa yoki kishilarning bir yo‘l (chiziq)da joylashgan holati; shunday joylashgan tizimi. Qator uylar. Qator teraklar.◆Nonvoylik rastasiga kelsalar, qator do‘konlarning hammasi yopiq. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.

2. Saf 1. Qatorda katta-katta odimlar otib borayotgan Elmurod shikoyat-landi. P. Tursun, O‘qituvchi.

3. Biror ijtimoiy guruh, tashkilot va shu kabilarga mansub kishilar majmui; saf. Ilg‘orlar qatori kengaymoqda. Qatordan qolguncha xatardan qol. Maqol.

4. Bir qancha, bir talay, ancha ko‘p. Aholi orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Gazetadan.

5. Butun sonlar qatori. Furye qatorlari. Qatorlar nazariyasi. Ma’lum tartibda joylashgan kattaliklar sirasi.

6. O‘zaro ma’lum munosabatda bog‘langan kimyoviy birikmalar guruhi.

7. (Z-sh. egalik shaklida — qatori) O‘xshatish, qiyos munosabatini (kabi, tengi kabi ma’nolarni) bildiradi. Mana endi, u odamlar qatori ertalab ishga borib, kechki payt, el-yurt qatori, uyga qaytadi. T. Ashurov, Oq ot.

8. (3-sh. egalik va o‘.-p. k. shaklida — qatorida) qator 7. Agar menga hurmat lozim bo‘lsa, mubolag‘a bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufsiz muomala qilish bilan bo‘lsin!. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: saf [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. turna qator, turnaqator: Qator bo‘lib tizilgan, birining ketidan biri

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.