Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qasd}
So‘z bo‘g‘inlari: qasd
Izoh(lar)i:
qasd [qasd ]

1. Albatta amalga oshirish ko‘zda tutilgan, jazm etilgan qat’iy niyat; azm-qaror, ahd. Uydan chiqishdanoq uning [ Otabekning] qasdi bu kunni dalada o‘tkazmoq edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

2. Haqorat, yomonlik uchun javob qaytarish (hisoblashish) niyati; adovat, o‘ch, alam. Qasd qilmoq. Birovga qasd qilma.◆Sen jinni bo‘ldingmi? Yo menda boshqa bir qasding bormi? Latifalar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: o‘ch
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Azza-bazza – ataylab – atay – atayin – qasddan – jo‘rttaga
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.