Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qaqsha} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qaq-sha-moq
Izoh(lar)i:
qaqsha fl

1. 1. Og‘riqli zirqiroq tutmoq, sirqiramoq. A’zoyi badanim qaqshayapti. Lo‘q-lo‘q qaqshayotgan chakkalaridagi og‘riq bosildi S. Nurov, Narvon
Oyoqlari zir qaqshar, bir qadam bosishga ham madori kelmas edi. M. Mansurov, Yombi

2. ko‘chma hma Azob-uqubatli, mashaqqatli holatda bo‘lmoq, shunday holatni kechirmoq. U bechora, yoshligi ming xil azoblar bilan qaqshagan, xo‘rlangan, bechora xalqning bu qadar ishonch va ehtiromini hech vaqt xayoliga keltirganmikin? A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Ezilgan, qaqshagan, och-u yalang‘och, Xamita bir g‘aribparvarga muhtoj. Habibiy

3. 3. Zir-zir titramoq, qaltiroq tutmoq; qaltiramoq. labi labiga tegmay titrar, a’zoyi badani bezgak tutganday qaqshardi. J. Abdullaxonov, Xonadon

4. 4. Qurib, qaqrab qolmoq, qurib qoq bo‘lmoq. Bochka qurib, qaqshab ketibdi. Qorako‘l daryosi qurib, qaqshab yotibdi. J. Abdullaxonov, To‘fon

5. ko‘chma hma Achinib, yolvorib yoki xafa bo‘lib, ko‘p gapirmoq. Qaqshab gapirmoq. Ko‘p qaqshadim, so‘zimga kirmadi. Xadicha buvi ichkariga kirdi-yu o‘sha yerda qaqshab, qarg‘ab o‘tirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

6. 6. Achinarli, zor holatga tushmoq. Qon qora qaqshamoq. Juda xunuk ish bo‘ldi-da. Karima opa qaqshab yig‘layotgan o‘g‘lini yotog‘iga olib kirib yotqizdi. M. Ismoiliy, Bizning roman
[Qizning] Onasi zor qaqshab, qidirib yurgandir. S. Ahmad, Lochin
Bechora uvol ketibdi. Ota-onasi qaqshab qolibdi-da, attang, attang! O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: zirqiramoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.