1. 1. Uzoq chidaydigan qilib ishlangan; pishiq, mustahkam.
Puxta gazlama. Puxta arqon. Puxta imorat. Puxta to‘qilgan paypoq.
▬
Kunning qizig‘ida keng tosh yo‘lda puxta etiklarini qaldiratib ildam yurgan askar yigit terlagan yuzida birdan shabada nafasini sezdi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
Ko‘chama-ko‘cha puxta g‘ishtlardan to‘shab, taxtiravon yo‘l soldi.
Nurali
2. 2. Pishiq, har tomonlama o‘ylab ish qiladigan.
Puxta odam. Puxta tashkilotchi. Puxtaning ishi besh, shoshmaning ishi bo‘sh.
Maqol
— Ha, sen puxtasan, — deya To‘g‘aysari yana yonboshladi. — Balki seniyam bilganing bilgandir.
Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
3. 3. Atroflicha, chuqur o‘ylangan, asosli; pishiq.
Puxta fikr. Puxta ish. Puxta asar.
▬
Xatib domla haqsizlikka qarshi puxta tadbirlarni ko‘radi.
A. Qodiriy, Obid ketmon
Bu gapni alohida e’tirof etish kerakki, bularning barisi hayotiy, badiiy jihatdan puxta, ishonarli chiqadi.
K. Qahhorova, Chorak asr ham nafas
Yo‘l-yo‘lakay qiz juda kam gapirar, faqat savollarga javob berar edi, javoblarni ham oldin puxta o‘ylab, keyin aytardi.
F. Musajonov, Huri
4. 4. Kamchiligi, kam-ko‘sti bo‘lmagan, bekam-ko‘st; to‘la-to‘kis.
Nazariy jihatdan puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar. Qishlovga puxta tayyorgarlik ko‘rmoq.
▬
Siyosiy mustaqillik puxta va mustahkam iqtisodiy zaminga ega.
Gazetadan