1. 1. Suv yoki boshqa suyuq narsani kuch bilan zarralarga aylantirib sochmoq. Viltga qarshi dori purkamoq. ▬ [Chol] Teriga suv purkaydi va ko‘va bilan do‘q-do‘q urib, charmni tekislaydi. Oybek, Tanlangan asarlar Birov qanotlaringizning tagiga suv purkab qo‘yganmi deyman, davraga tusholmay, mirg‘ayib turibsiz. Askiya
2. ko‘chma poet. et. Sochmoq, taratmoq. Hozirgina diliga nur purkagan o‘ylar yana ko‘nglini g‘ash qiluvchi og‘ir gumonlar bilan almashingandi. O. Yoqubov, Larza Ammo saraton tandiri o‘chakishganday yana ham alanga olib, otash purkardi. Mirmuhsin, Umid
1. qo‘ltig‘iga suv purkamoq: birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq.