Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {punkt}
So‘z bo‘g‘inlari: punkt
Izoh(lar)i:
punkt ot

1. 1. Yer yuzidagi yoki fazodagi alohida belgisi, xususiyati bilan ajralib turadigan nuqta, ma’lum bir joy, yer. Geografik punkt. Strategik punkt. Aholi yashaydigan punkt. Kuni kecha joylardagi qabul punktlariga yangi pilla hosil ortilgan karvonlar kela boshladi. Gazetadan
Shaharlarda va aholi punktlarida patrul-yo‘l xizmati bo‘linmalari tashkil etilgan. Gazetadan

2. 2. Biror ish, mashg‘ulot, tadbir kabilar uchun belgilangan, maxsus jihozlangan bino yoki joy. Telefon stansiyasining gaplashish punkti. Tibbiy yordam punkti. Paxta punkti. Komanda punkti. Polkovnik Greyder o‘z kuzatish punktida turib, stereotruba orqali jangni ko‘zdan kechirdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Maktab, bog‘cha-yu qishloq vrachlik punkti qursa, yomonmi? Gazetadan

3. 3. Matn, qonun, qaror kabilarning raqam yoki harf bilan belgilangan alohida qismi; paragraf, modda. Uch punktdan iborat qaror. Yigirma punktdan iborat qoida.

4. plgrf. rf. Bosmaxona belgilari (harf, raqamlar va boshqalar) o‘lchamlarini aniqlashda eng kichik birlik.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Punktuatsiya – tilshunoslikning tinish belgisini ishlatish qoidasini o‘rgatuvchi bo‘limi. Lotincha punktum – nuqta, kichkina dog‘. Punktuatsiya uch narsani anglatadi: 1) alifboga kirmaydigan grafik belgilar majmui; 2) yozma matnni punktuatsion jihatdan me’yorga soluvchi qoidalar majmui; 3) tinish belgilarini ishlatish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.

Tinish belgilari taraqqiyoti turli tillarda turlicha bo‘lgan. Hozirgi punktuatsion tizim G‘arbiy Yevropa tillarida XV–XVI asrlarda, rus yozuyida XIX asrning ikkinchi yarmida, o‘zbek yozuvida lotin imlosiga ilk o‘tilgandan keyin shakllandi. Arab imlosi bilan ish ko‘rganda o‘zbek tili arab tiliga xos ishoraviy belgilardan foydalangan.

Tinish belgilari soni ham har xil tillarda o‘ziga xos. Ingliz tilida tutuq belgisi va chiziqcha ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami soni 12 ta bo‘lsa, o‘zbek tilida jami 10 ta tinish belgisi mavjud: vergul, nuqtali vergul, nuqta, ikki nuqta, ko‘p nuqta, ko‘proq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qo‘shtirnoq.

Punktuatsiyatilning sintaktik sathi bilan zich bog‘langan. Tinish belgisi yozma nutq birligi bo‘lgan gapning to‘g‘ri anglashilishini ta’minlaydi.

O‘zbek tili punktuatsiyasini takomillashtirishda tilshunoslarimiz H.G‘oziyev, S.Ibrohimov, G‘.Abdurahmonov va K.Nazarovning xizmati katta.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.