Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pult}
So‘z bo‘g‘inlari: pult
Izoh(lar)i:
pult ot

1. 1. Notalar qo‘yish uchun ishlatiladigan, bir tomonga nishab, uzun oyoqli stolcha. Dirijyor pulti. Kiyinishidan olaqarg‘ani eslatuvchi, sochi jingalak, chiroyli bir yigit dirijyorlik pultiga chiqib, qo‘lidagi tayoqchasini qimirlatuvdiyamki, zalda orkestr sadolari yangradi. N. Aminov, Qahqaha

2. tex. ex. Biror narsani avtomatik boshqaradigan asbob, apparatlar o‘rnatilgan joy (stol, stend va shu kabilar). Boshqarish pulti. Dispetcherlik pulti. U boshqarish pulti yonidagi kresloga o‘tirib, bir oz mizg‘imoqchi bo‘ldi. Afsuski, bu ham nasib etmadi. Yoshlik
Bu joyda kattagina boshqarish pulti o‘rnatilgan ekan. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

3. 3. Radio teleapparaturalarni boshqaruvchi asbob. Televizor pultini bosmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.