Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pulli}
So‘z bo‘g‘inlari: pul-li
Izoh(lar)i:
pulli sf

1. 1. Puli bo‘lgan, puli bor. Pulli — botir, pulsiz — yotir. Maqol

2. 2. Pul to‘lanadigan, pul evaziga olinadigan, beriladigan yoki qilinadigan. Pulli konsert. Pulli ma’ruza. Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan tashkil qilingan pulli poliklinikaga direktor qilib tayinlashni so‘radi. A. Qahhor, Sarob
Pulli xizmatlarni bir yarim baravar ko‘paytirish rejalashtirildi. Gazetadan
Oliy biznes maktabida o‘qish pulli-kontrakt asosida bo‘lib, Boshqaruv biznes magistri dasturi bo‘yicha xalqaro talablar va xalqaro programma asosida olib boriladi. Gazetadan

3. 3. (faqat miqdor ifodalovchi sonlar bilan) Pul, tiyin qiymatidagi. To‘qqiz pulli nosvoy. Uch pulli ahamiyati yo‘q narsa. Olti pulli taqadek. Ko‘zi irg‘ib baqadek, Och muxlisning qo‘lida O‘tmay qolgan chaqadek Shayx hazratlariga salom. Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.