Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pufak}
So‘z bo‘g‘inlari: pu-fak
Izoh(lar)i:
pufak ot

1. 1. Suyuqlikda, suyuq massada hosil bo‘ladigan, ichi havo bilan to‘lgan shaffof sharcha. Sovun pufaklari. Payt bahor edi, Yomg‘ir tushdi-da, Tomchidan ulkan Bir pufak shishdi. Nurbek

2. 2. Qaynoq suv va boshqalar narsadan kuyish natijasida terida paydo bo‘ladigan, ichi suyuqlikdan iborat og‘riqli bo‘rtiq, po‘rsildoq.

3. anat. at. Odam va hayvonlar organizmida suyuqlik tutib turuvchi yoki suyuqlik to‘planadigan yupqa qopchiq. O‘t pufagi. Siydik pufagi. O‘rta miya pufagi odamda va yuqori hayvonlarda bosh miyaning nisbatan juda oz qismini hosil? qiladi. Anatomiya

4. 4. Ichiga havo yoki yengil gaz to‘ldirib shishirilgan, yupqa, cho‘ziluvchan narsa; shar. Birpasdan keyin lager ustida dumiga kattakon pufak bog‘lab olgan samolyot paydo bo‘ldi. A. Qahhor, Oltin yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.