1. 1. Yassi, yopishgan yoki shikastlangan (burun haqida).
Rahimjon juda xunuk edi: qip-qizil go‘sht, puchuq burnida dog‘lar, boshida tuk.
A. Muxtor, Tug‘ilish
2. 2. Qanshari past, burni yassi, yopishgan, kichik yoki shikastlangan.
Puchuq bola.
▬
Ko‘sa va puchuq xonning boshidagi qimmatbaho toji xuddi sigirga urilgan egardek beso‘naqay qo‘nqayib turardi.
M. Osim, Elchilar
Puchuqning kelishdan maqsadi faqat shu yozib beriladigan xatgina edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bizni haqorat qilib savayotgan kishi shu yerlarning egasi, mashhur Azim puchuq degan boy ekan.
G‘. G‘ulom, Shum bola
3. 3. Bolalarga nisbatan erkalash, suyish ma’nosida qo‘llanadi.
Puchuq qizim, muncha shirinsan.
▬
Kichik Telman, sal puchuqqina, qoragina, o‘zi sho‘xgina.
Mirtemir, Asarlar
4. 4. Jo‘mragi singan yoki uchgan.
Puchuq choynak.
▬
Boyagi gapni ayt, deyapman! Sen puchuq obdasta o‘lgurga kim qo‘yibdi birovlarning ishiga aralashishni?
S. Ahmad, Cho‘l shamollari
5. ko‘chma hma Yapasqi, uchi kemtik (poyabzal haqida).
Puchuq etik,
▬
Oyoqlarida kavush o‘rniga puchuq kalish.
Yoshlik