1. esk. kt. kt. Chet, pastqam joy, ovloq; burchak.
Qishloqning qorong‘i puchmog‘i.
▬
Axir, folklorchi bo‘lish, qaysi bir puchmoqlarda ko‘zdan pana yotgan xalq ijodining durdonalarini qidirib topish ularni yozib olib, kitob qilib chiqarish — eh-ha, igna bilan quduq qazishning ayni o‘zi-ku!
Saodat
Tog‘larning bu xil puchmoqlari unga begona edi.
S. Ahmad, Jimjitlik
Atrof tumonat oppoq edi. Bu oqlik jamiki puchmoqlar-u xilvat go‘shalarga ham allanechuk g‘ayritabiiy kuch orqali tarqalgan.
Sh. Bo‘tayev, Qo‘rg‘onlangan oy
2. ko‘chma hma Tag, tub; chuqur joy.
Yurak puchmog‘ida qolgan kirlarni qalam bilan tozalov shoirning ishi.
G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar
Yon-atrof qanchalik rutubatli, ya’ni qanchalik qora-quyuq ranglar bilan o‘ralgan bo‘lmasin, ko‘nglingizga negadir iliqlik inadi, bundan ham ko‘nglingiz yorishadi, ham shuuringizning xira tortgan puchmoqlarida nimadir g‘imirlaydi.
Gazetadan