Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {psixologiya}
So‘z bo‘g‘inlari: psi-xo-lo-gi-ya
Izoh(lar)i:
psixologiya ot

1. 1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarni o‘rganuvchi fan. Elmurod institutda psixologiyadan leksiya tinglar ekan, professor Ivanov: Kishi xarakterini belgilovchi omillardan biri uning nutqi, — degan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
Bo‘lg‘usi pedagoglar praktika jarayonida pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari ustida ish olib boradilar. Fan va turmush

2. 2. Biror faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar majmui. Mehnat psixologiyasi. San’at psixologiyasi. Ranglarga munosabatda ham xalq psixologiyasi namoyon bo‘ladi. O‘TA
Ijod psixologiyasi faqat kitobxonlarni emas, adabiyotshunoslarni ham qiziqtiryapti. U. Normatov, Talant tarbiyasi

3. 3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari, xarakter xususiyatlari, ruhiy holati. Otaxon shoirlarimiz bolalar qalbi va psixologiyasini, ma’naviyatini ochish orqali ularning betakror shaxsiyatini ulug‘ladilar. Fan va turmush
Hayotning o‘zi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, da’volar orasidan o‘tishga majbur qilmoqda. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.