Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {profilaktika}
So‘z bo‘g‘inlari: pro-fi-lak-ti-ka
Izoh(lar)i:
profilaktika ot

1. 1. Odamlar sog‘ligini saqlash, kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalib ketmasligining oldini olish, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilash va uzoq, umr ko‘rishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. [Sherbek:] Siz kasal ko‘rgani, profilaktika o‘tkazgani xonadonlarga ko‘p kirasiz. S. Anorboyev, Oqsoy
Dori-darmon uyushmasi kelgusida ham respublika aholisi va davolash-profilaktika muassasalarini dori-darmonlar bilan ta’minlash ahvolini yaxshilash uchun o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga soladi, deb ishontiramiz. Gazetadan

2. 2. Umuman, biror hodisaning oldini olish, mexanizm, mashinalarning muddatidan oldin ishdan chiqishi, buzilishidan saqlash uchun ko‘riladigan choralar. G‘o‘za zararkunandalari va kasalliklariga qarshi profilaktika, Gazdan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan iste’molchilar orasida profilaktika ishlari olib borilyapti. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.