Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {professional}
So‘z bo‘g‘inlari: pro-fes-si-o-nal
Izoh(lar)i:
professional sf

1. 1. Biror kasbga oid, xos, biror kasb bilan bog‘liq bo‘lgan. Professional odat. Professional mahorat. Professional tayyorgarlik. Eng yomoni — joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini yaxshi bilmaslik va professional malakaga ega emaslik kabi salbiy holatlar ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. Gazetadan

2. 2. Biror ishni o‘ziga kasb qilib olgan, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lgan (shaxs). Professional bokschi. Professional ashulachi. professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish zarur. Gazetadan
Lekin o‘sha yildan e’tiboran musobaqaga professional tennischilar ham qo‘yilgan. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.