1. 1. Kino-kompaniyaning kinofilmlar ishlab chiqarishda g‘oyaviy-badiiy va tashkiliy-moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi ishonchli kishisi.
Tanlov shartlariga kura bu mukofot film prodyuseriga topshirildi.
Gazetadan
Prodyuserlar o‘z mablag‘larini bugun ishga solishdimi, ertagayoq uning foydasini olishga urinishadi.
Gazetadan
2. 2. Biror xonanda yoki estrada guruhi tomonidan tayyorlangan konsert yoki tomosha dasturiga oid bo‘lgan ma’muriy-moliyaviy ishlarni tashkil qiluvchi kishi.
— Ayniqsa, vokal bo‘yicha pedagog, taniqli kompozitor Dilorom Omonullayeva, prodyuser Farhod Jo‘rayevlar menga katta yordam berishdi, — deydi Diana.
Gazetadan.