Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {prezident}
So‘z bo‘g‘inlari: pre-zi-dent
Izoh(lar)i:
prezident ot

1. 1. Respublika boshqaruvi shaklidagi ko‘pchilik mamlakatlarda ma’lum muddatga saylab qo‘yiladigan davlat boshlig‘i. O‘zbekiston prezidenti. Bunda Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risidagi farmoni muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Gazetadan
Dehli safari chog‘ida Hindiston rahbarlari bilan, jumladan, prezident, vitse-prezident, bosh vazir, boshqa hukumat a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Gazetadan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun o‘tkazilayotgan musobaqaning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilarini tabriklash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Gazetadan

2. 2. Ba’zi ilmiy muassasa yoki jamiyatlarning ma’lum muddatga saylab qo‘yilgan boshlig‘i, rahbari. Fanlar akademiyasining prezidenti, Konferensiyada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi prezidenti, taniqli yozuvchi Ch. Aytmatov so‘zga chiqdi. Gazetadan
— Yuzaki qaraganda, murabbiylardan davlat madhiyasini aytib berishni so‘rab o‘tirish ba’zilarga boshqacharoq bo‘lib tuyulishi mumkin, — deydi federatsiya prezidenti Po‘lat Usmonov. Gazetadan

3. 3. Firma, bank, kompaniya va shu kabilardagi yuqori mansabdor shaxs. Bank prezidenti. Kompaniya prezidenti.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.