Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {preparat}
So‘z bo‘g‘inlari: pre-pa-rat
Izoh(lar)i:
preparat ot

1. kim. im. Laboratoriya yoki fabrikada tayyorlangan kimyoviy yoki farmatsevtik mahsulot. Dori-darmon preparatlari. Eshitish hissiyoti sust bo‘lgan, eshakem kasalligiga moyil, qon ivishi past bo‘lgan kishilar uchun ham aspirin preparati salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gazetadan
Yangi preparat qo‘llanganida, teri toza bo‘la boshlaydi. Gazetadan

2. 2. Jonivor yoki o‘simlik organizmining anatomik, gistologik va boshqalar jihatdan o‘rganish jarayonida kuzatish yoki tekshirish uchun tayyorlangan qismi. Anatomik preparat. Baqa yuragining preparati. Preparatlar ko‘rgazmasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.