1. 1. Bir-biriga juft yoki mos bo‘lmagan, jufti, poyi adashgan, boshqa-boshqa, adash (juft holda ishlatiladigan narsalar haqida). Poyma-poy tufli. Poyma-poy qo‘lqop. Poyma-poy paypoq.
U
▬
ham shu lahza Umidni ko‘rib, yuragi urib ketdi. U Umidga yaqinlashgan sari, qadamlari beo‘xshov tushar, poyma-poy tufli kiyib olgandek, qiynalar edi.
Mirmuhsin, Umid
Domla g‘uldurab, bir navi duo qildi-da, kalishini avval poyma-poy kiyib, bukchayib, boshqatdan to‘g‘rilab oldi.
H. G‘ulom, Mash’al
2. ko‘chma hma Mazmuni bir-biriga bog‘lanmagan, qovushmagan, poyintar-soyintar, telba-teskari.
Poyma-poy gap. Poyma-poy so‘zlab bermoq.
▬
Asrora Karimjonning kelishini kutib, dunyodagi jami tashvishlarni unutgan, gaplari ham allaqanday poyma-poy, qiliqlari o‘ziga yarashmagandek, yerda yurayotganga emas, osmonda uchib yurganga o‘xshardi.
S. Ahmad, Ufq
Gavhar uni ko‘rganida ham, poyma-poy gaplarini eshitganida ham indamay turaverdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol