1. 1. Alohida hurmatga sazovor kishini yoki kelin, kuyovni kutib olish uchun uning yo‘liga, oyog‘i ostiga solingan yoki solinadigan gilam, palos yoki mato.
Yo‘llariga poyandoz solmoq.
▬
Xayribibi bilagiga tashlab chiqqan oq krepdeshin poyandozni kelin oyog‘i ostiga yozib, qo‘yarda-qo‘ymay uni bostirdi, patnisdagi qand-qursni boshidan sochib yubordi.
D. Nuriy, Osmon ustuni
U [qiz] onalikka uzatilgan kun xotirida bir umr qolsin deb, to‘y-tomoshalar qildilar, yo‘liga poyandoz soldilar.
H. Ahmar, Yakkama-yakka
2. 2. Umuman, polga to‘shalgan gilam, palos.
Toshpo‘latov poyandoz solingan uzun kori-dordan bamaylixotir kirib borar ekan, oyoq sharpasini eshitib, ichkaridan Xosiyat xola chiqib qoldi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Sulton piyoladagi choyni jahl bilan gilam poyandozga sepib yubordi.
E. Usmonov, Yolqin
3. shv. hv. Ko‘rpacha.