1. 1. O‘simlikning shoxlarini, barg, gul va mevasini ko‘tarib turadigan, tik o‘sadigan yer usti qismi.
Jo‘xori poyasi. Sholi poyasi.
▬
Bug‘lanib ketgan deraza ortida qamish tomdan sizib tushayotgan tomchilar ko‘rinib qolar, hovli etagidagi makkajo‘xori poyalari yomg‘irdan junjikib egilgan.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bug‘doy qip-qizarib pishgan, poyalarigacha qovdek qovurilgan edi.
S. Ayniy, Qullar
2. 2. Ishkom yoki so‘rining bag‘azlar mahkamlanadigan yog‘ochi.
Bog‘da sakkiz uzun ishkom: hammasining poyalari yaxshi ishlangan, pushtalari chopilgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ko‘prikning nariyog‘ida, ishkomga poyasi kesib olingan keksa tol yonida Dildor bilan A’zamjon turardi.
S. Ahmad, Ufq
Bultur ellik kishi borgan edi. Hammasi xursand ekan, tollari poyaga yarab qoldi.
H. G‘ulom, Feruza
3. 3. Oyoq, pocha.
Karavot poyasi.
4. 4. Ustun.
Ruzvon xola asta yurib kelib, Onaxonning qarshisidagi do‘kon poyasiga suyandi.
A. Muxtor, Opa-singillar
5. shv. ayn. yn. Pocha 1.
Bir nechalar ketar qochib, Botir yurar jardan kechib, Ostidagi mingan oti Poyasidan qonni kechib.
Murodxon
6. 6. Zambil, tobut kabilarning tutqichi, dastasi.
Ko‘zlari qizargan odamlar navbat bilan tobutning poyasini yelkalariga qo‘yib, tez-tez qadam tashlab ketmoqdalar.
M. Osim, Karvon yo‘llarida
7. 7. Pog‘ona, pillapoya.
O‘rtasi dahliz bilan ajralgan ikki xona bor, ro‘parada boloxonaga chiqadigan yog‘och zinaning ba’zi poyalari tushib ketgan, o‘zi lopillardi.
Mirmuhsin, Umid
8. ko‘chma hma Pog‘ona, daraja, bosqich.
[Navoiyning] Davlatda yuqori poyaga ko‘tarilishi xabari uni [Sultonmurodni] samimiy quvontirdi.
Oybek, Navoiy
Tarbiyalab, yetishtirdi voyaga, Topdi shuhrat, chiqdi buyuk poyaga.
Habibiy
9. 9. Ba’zi o‘simliklarning nomi bilan birikib, ular ekilgan yer, maydon ma’nosini ifodalovchi qo‘shma so‘z yasaydi, masalan: sholipoya, bedapoya.