Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {post}
So‘z bo‘g‘inlari: post
Izoh(lar)i:
post ot

1. 1. Qo‘riqlash va mudofaa qilish uchun soqchiga yoki soqchilar guruhiga topshirilgan joy. Mayli, yomg‘ir, qor yog‘sin, O‘z postimdan ketmayman. Askarlik qasamimga Hech xiyonat etmayman. Uyg‘un.
Mayli, ig‘volarda oy ham tutilsin, Shu postda soldatsan, toki hayotsan. G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar
Biz, Vatan himoyachilari, o‘z postimizda hushyor tursak, hech kim bizning tinch va osoyishta hayotimizga raxna sololmaydi. Gazetadan

2. 2. Muayyan hududni qo‘riqlash, kuzatish uchun qo‘yilgan yoki yordam ko‘rsatish uchun uyushgan kishilar guruhi. Sanitariya postlari. Remont texnologiyasini tubdan o‘zgartirib, unda remont turlari bo‘yicha postlar tashkil etildi. Gazetadan
ustaxona xalq nazorati posti qanday ish bilan shug‘ullanayotgani menga qorong‘i. Gazetadan

3. 3. Mas’uliyatli lavozim, mansab, vazifa. Direktorlik posti. Rahbarlik posti — Avval kattaroq postda ishlaganmisiz? — E, yo‘q, — dedi u kishi, soddaligimni ko‘rib, zavqi keldi chog‘i, tizzalariga urib kuldi,- Bozorda oddiy pattachi bo‘lganman. N. Aminov, Qaltis xato

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.