Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {poshshaxon}
So‘z bo‘g‘inlari: posh-sha-xon
Izoh(lar)i:
poshshaxon ot

1. 1. Xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni bildiradi. Ko‘zimiz to‘rt bo‘ldi, poshshaxon, bazmingizga mushtoqmiz, qani, o‘tiring. Oybek, Tanlangan asarlar

2. s. t. t. Eng yaxshi, sara. Elmurod ham yigitlarning poshshaxoni-da! Mayli, ikkovi qovushsin. Shuhrat, Shinelli yillar
— Husnda tengi yo‘q. Qizlarning poshshaxoni. — Bilar ekansiz, hazratim. O‘zi ham o‘n yettidan o‘n sakkizga o‘tib turibdi. Mirmuhsin, Cho‘ri

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asil [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.