1. Oyoq kiyimining tovoniga tagcharmdan balandroq qilib qoqilgan qattiq charm yoki boshqa biror narsa.
Botinkaning poshnasi. Etikning poshnasi.
▬
U baland poshnalarini polga do‘q-do‘q urib, xonadan chiqib ketdi.
Yoshlik
Qaytib kelganlarining ertasigayoq Sobirova opa ishda kiyadigan poshnasi yo‘g‘on tuflisi va odmi atlas ko‘ylagini kiyib, raykomga bordi.
Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi