1. sft. ft. Pora oladigan, poraga o‘rgangan.
Poraxo‘r odam,
▬
Bir poraxo‘r amaldor amalidan tushib, g‘alati dardga yo‘liqdi.
A. Qahhor, Pora
G‘iyos kallaga o‘xshash poraxo‘r qozi bo‘lar, shu-da?
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. ot ot Pora olish bilan shug‘ullanuvchi kishi.
Aziz do‘stim, meni emas, avvalo, o‘z nafsi, shuhratini o‘ylagan poraxo‘rlarni yo‘qotish kerak.
Shukrullo, Saylanma
Bu benomus poraxo‘rning po‘stagini endi qoqaman degan qat’iy fikr bilan so‘zini davom ettirdi.
S. Ahmad, Cho‘l burguti