1. rvsh. Bo‘lak-bo‘lak, parcha-parcha, chilpora.
Yuragim-yey, boshlab kelding meni qayga? Bag‘rim o‘xshar pora-pora bo‘lgan nayga. M. Yusuf.
▬
G‘animlar dastidan mulk pora-pora.
Sharq yulduzi
Boshidan oshirib yerga uradi, Tushib yerga, pora-pora bo‘ladi.
Alpomish
Bittadan cho‘qiganlaringda ham meni pora-pora qilib qo‘yasizlar.
Oybek, Navoiy