Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pora}
So‘z bo‘g‘inlari: po-ra
Izoh(lar)i:
pora ot

1. 1. Parchalangan narsaning bir qismi; bo‘lak, parcha. Pora bo‘lmoq. Pora qilmoq. Qudrat, taxta porasi ustida hushsiz qolgan Farhodday, o‘z ixtiyorini unga berib ojiz qoldi. Z. Fatxullin, So‘nmas yulduz
Burgut uni changalga olib, Mushuk jag‘in qilibdi pora. Ya, Qurbon
O‘sma qo‘yding-mu qoshingga, Bunchalar ham qoradur, Bilmadim, bu qoshlaringdan Qancha dillar poradir. E. Vohidov, Yoshlik devoni
Sening yuragingda laxta-laxta qon, Siynang nimalardan bo‘lmagan pora. A. Oripov, Yillar armoni

2. esk. kt. kt. To‘da, to‘p, guruh. Men bir pora yigitlarni olib, yovning orqasiga o‘ta bildim. Oybek, Navoiy

3. esk. kt. kt. Asarning tugal qismlaridan biri; qism, bo‘lim; bob. O‘ttiz pora qur’onni yod olmoq.

4. Biror ishni noqonuniy tarzda bitirib bergani uchun mansabdor shaxsga beriladigan yoki berilgan narsa yoki pul. Pora olmoq. Pora bermoq. Pora yemoq. A’zamjon aka hozir pora bilan ish bitkazish mumkinmasligi, pora bergan ham, pora olgan ham qiya bo‘lib ketishini aytib qoldi. S. Ahmad, Saylanma
Tavba, poroga kelgan pulni tarozida tortib oladigan odam qanday qilib prokuror bo‘lib qoldi ekan? X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. pora I Ot
parcha, bo‘lak, burda

2. pora II Ot
o‘z manfaatiga xizmat qildirish maqsadida g‘ayri qonuniy yo‘l bilan beriladigan pul yoki buyum, rishvat

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.