Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {popuk}
So‘z bo‘g‘inlari: po-puk
Izoh(lar)i:
popuk ot

1. 1. Narsalarga bezak uchun taqiladigan bir bog‘lam tola, pat, ip va shu kabilar. Do‘ppi popugi. Sharofat, paranjining popugini eshib, yerga qaraganicha o‘tirar, aftidan, bu savolga javob bermoqchi emas edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Gajim, shokila. Bayroq popugi. Zaynab gilamning popugini chirmab, nimaningdir xayolini surar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Karomat ona., dasturxon popugini o‘ynashda davom etdi. T. Alimov, Sovchi

3. 3. Yosh qizlarga nisbatan erkalash ma’nosida ishlatiladi. Oldinda sizlar, oy popuklarim. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
— Siz, popuk qizim, etagingizga pamildori, loviya terib chiqing, — dedi amma Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr

4. 4. Shokilali qog‘ozga o‘ralgan konfet. Bir kampir sepkildor bolaning chap yonidagi ko‘ylak kiygan qizchaga popuk uzatadi, keyin uni ko‘tarib oladi. R. Fayziy, Sen yetim emassan

5. 5. Popuk (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.