1. 1. Jismoniy jihatdan kuchli, baquvvat kishi; bahodir, pahlavon.
Ko‘rsatur o‘z g‘ayratin ish uzra, rohat istasa, Ro‘zg‘ori gullamas, mehnatda polvon bo‘lmasa!
Habibiy
U aslida juda ko‘rkam va polvon yigit bo‘lib, qop-qora, chaqmoq mo‘ylavi o‘ziga juda ham yarashib turardi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Kurash tushadigan sportchi.
Axir bu bola ne-ne polvonlarning belini bukib, yelkasini tuproqqa qorishtirmayapti.
S. Ahmad, Ufq
Milliy kurash bo‘yicha kecha bo‘lib o‘tgan olishuvda Abdurayim polvonning yutib chiqqani bekor qilinib, yiqilgan Karim polvon foydasiga hal qilindi.
S. Ahmad, Yulduz
73 kilogramm vaznli polvonlar o‘rtasida gilamga chiqqan Rustamjon Umarov., raqiblari kuragini yerga tekizib, turnir g‘olibi bo‘ldi.
Gazetadan
3. s. t. t. Ekskavator, ko‘targich kran kabi mashinalarga xalq tomonidan berilgan nom.
— Misha, polvoningning tomiri bo‘shab, xirillab qolmadimi? — deb so‘radi Valentin yetib kelgach.
Sh. G‘ulomov, Azim daryoman debon