Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {politsiya}
So‘z bo‘g‘inlari: po-lit-si-ya
Izoh(lar)i:
politsiya ot

1. 1. Ayrim mamlakatlarda: mavjud ijtimoiy va davlat tuzumini himoya qiluvchi, jamoat tartibini saqlovchi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashuvchi ma’muriy organlar tizimi. Politsiya mahkamasi oldidan o‘tarkan, har kimni titroq bosar, uning jabrini, dahshatini xalq har kun, har soat, har minut totib turardi. Oybek, Tanlangan asarlar
Italiya politsiyasi mamlakatning markaziy va janubiy rayonlarida jinoyatchilikka qarshi katta kurash operatsiyasi o‘tkazdi. Gazetadan

2. ayn. yn. Politsiyachi. Odamlar burchak-burchakda to‘xtab, bir-birlaridan yangiliklarni surishtirishar, har qadamda ko‘chma mitinglar bo‘layotgandi. Politsiya, mirshablarning esa qoralari ko‘rinmasdi. K. Yashin, Hamza
Politsiya o‘tkazgan yalpi tintuv vaqtida o‘ttizdan ko‘proq kontrabandist qamoqqa olindi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.