Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pog‘ona}
So‘z bo‘g‘inlari: po-g‘o-na
Izoh(lar)i:
pog‘ona ot

1. 1. Zinaning, narvonning oyoq qo‘yib chiqiladigan va tushiladigan poyalaridan har biri; pillapoya. Narvonning pog‘onasi. Shotining bir pog‘onasiga oyoq qo‘yishi bilan kallasiga, qo‘shnining xotini kishidan qochadigan bo‘lsa, andishalik ish bo‘lmasmikin, degan o‘y keldi. S. Ahmad, Saylanma
Iskandar zinadan ikki potna pastga tushib, avtobus eshigida turgancha, minnatdor bosh siljidi. M. Mansurov, Yombi

2. ko‘chma hma O‘sish, yuksalish, taraqqiyot kabi tadrijiy jarayonlarning har bir bosqichi. Taraqqiyot pog‘onalari. Yuksalishning eng yuqori pog‘onasi. Majlisda ta’kidlandiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida islohotlar samaradorligini yangi pog‘onaga ko‘tarishga alohida e’tibor berilayotir. Gazetadan

3. ko‘chma hma Amal, unvon, martaba kabilarning har bir bosqichi. Domla o‘zi yetgan pog‘onani ham, oldinda uni kutib turgan martabalarni ham sevardi. Yoshlik
Ha, u kamolot pog‘onalaridan tez, ishonch bilan ko‘tarilib borardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ammo keyingi paytda bu ahvolni tubdan yaxshilash uchun bir talay ishlar qilindi. Eng avvalo, barcha potnadagi rahbar kadrlar yangilandi. Gazetadan

4. 4. Birin-ketin sodir bo‘ladigan ish-harakatning har bir bosqichi. Qiz eskichasiga yashirin ravishda sotildi. Endi eng so‘nggi pog‘ona — domla imomning nikoh o‘qishi qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi

5. mus. us. Tovushqator; undagi izchillik va uyg‘unlikni tashkil etgan har bir tovush.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.